Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2016-2017 o‘quv yilida 640 ming o‘quvchi 1-sinfga chiqdi
O‘zbekistonda 2016-2017 o‘quv yilida 640 ming bola 1-sinfga chiqdi. Bu haqida Xalq ta'limi vazirligining (XTV) matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ta'lim vazirligining xabariga ko‘ra, maktabda ularga Prezident sovg‘alari (portfel, o‘quv qurollari va darsliklar) topshirildi.
XTVning ta'kidlashicha, yangi o‘quv yilida yurtimizning barcha maktablaridagi ilk dars O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlandi. "Xotira darsi"da o‘quvchilar Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga to‘xtalib o‘tishdi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 9,7 ming umumta'lim maktablari faoliyat ko‘rsatadi, ularda 4,7 milliondan ortiq o‘quvchi ta'lim oladi.
Mavzuga oid
20:55 / 23.04.2026
Ta’limda sun’iy intellekt: talabalar oldinda, universitetlar orqada qolmoqda
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
18:33 / 11.04.2026
Vazir o‘qituvchilardan bolalarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qildi
11:11 / 17.01.2026