Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armaniston bosh vaziri iste'foga chiqdi
Armaniston bosh vaziri Ovik Abraamyan iste'foga chiqish qarori haqida ma'lum qildi.
U payshanba kuni hukumat yig‘ilishida shu haqidagi qarorini bildirgan.
"Men iste'foga chiqaman va prezidentga yangi hukumat shakllantirish imkonini beraman", — deya uning so‘zlarini keltirgan Sputnik Armeniya.
U o‘z qarorini davlatni boshqarishda yangi qarashlarga ehtiyoj yuzaga kelgani bilan izohlagan.
Abraamyan 2014 yilning aprelida lavozimiga tayinlangandi.
Bundan oldinroq mahalliy nashrlarda prezident Serj Sargsyan milliy kelishuv hukumati shakllantirmoqchiligi, yangi hukumatga mamlakat poytaxti Yerevan shahrining sobiq meri, hozirda "Gazprom"ning muassisligidagi "Mejregiongaz" kompaniyasida strategiya va rivojlanish masalalari bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari hisoblanadigan Karen Karapetyan rahbar bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Agar bu tayinlov amalga oshsa, Karapetyan Armanistonning hisob bo‘yicha o‘n to‘rtinchi bosh vaziri bo‘ladi.
Mavzuga oid
19:09 / 16.12.2025
Erdo‘g‘an Armaniston bilan munosabatlarni yaxshilash bo‘yicha ramziy qadamlarni e’lon qildi
10:12 / 10.12.2025
Mers Armanistonning YeI bilan yaqinlashishi uchun tarixiy imkoniyatni ko‘rmoqda
14:53 / 12.11.2025
Yerevanda chechen qizning o‘ldirilishi: jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
21:46 / 08.11.2025