Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola o‘zining Mourino bilan raqobati xususida fikr bildirdi
«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Manchester derbisi arafasida jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.
«Agar Mourino meni o‘yindan keyin birga ichishga taklif etsa, men buni bajonidil qabul qilaman. Men ko‘p marta aytganman, unga hamisha hurmat bilan qaraganman. Hamisha o‘z hamkasblarimdan, raqiblarimdan o‘rganishga harakat qilaman. Men Mourinodan ham o‘rganganman. Joze Bobbi Robson bilan ishlaganida mening murabbiyim edi.
Madriddagi oxirgi uchrashuvimiz, men o‘shanda «Barselona» bosh murabbiyi edim, oddiy bo‘lmagandi. Lekin biz Mourino bilan 2-3 hafta oldin premer-liga murabbiylari uchrashuvi vaqtida ko‘rishdik va ozroq gaplashdik. Men o‘shanda Ronald Kuman va Toni Pulis bilan ham suhbatlashdim. Barchasi ko‘ngildagidek bo‘ldi. Bizning dushmanlarcha raqibligimiz haqidagi gaplarni jurnalistlar o‘ylab topishgan», – degan murabbiy.
«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi bahsi 10 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadi.
Manba: Tribuna.uz
Mavzuga oid
15:36 / 09.04.2022
Manchester – Liverpul to‘qnashuvi: Klopp Gvardiola mehmoni, «MYu» «Everton»ga qarshi
12:13 / 16.11.2021
«Roma»dagi asosiy maqsad, Mourinoning boshqalardan farqi, «Paxtakor»ga o‘tmagani, Babayan, Kuper, Abramov va Katanets davri taqqosi – Shomurodov bilan intervyu
08:11 / 30.09.2020
Mourino-Lempard tortishuvi. Murabbiylar vaziyatga izoh berishdi
23:01 / 25.03.2019