Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada 100 yillik issiq harorat rekordi yangilandi
Chexiyada sinoptiklar sentabr oyi o‘rtasi uchun rekord darajadagi issiq haroratni qayd etishdi. Pragada termometrlar +33,2 daraja (Tselsiy) issiq haroratni qayd etishgan.
"Chexiyada beshinchi kunki, issiq harorat rekordi yangilanmoqda. Pragada kunning ikkinchi yarmida termometr +33,2 daraja issiqni ko‘rsatdi. Respublikaning aksar qismida +32 daraja issiq qayd etilgan. Bu esa 100 yillik rekordning yangilanishi hisoblanadi", deyilgan xabarda.
Meteorolog Yan Shramekning aytishicha, Markaziy Yevropada havo bosimi oshib, odatdagidan 10 daraja yuqori, O‘rta Yer dengizi bo‘ylariga xos harorat qayd etilishi kuzatilmoqda.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, vaziyat hafta o‘rtasigacha saqlanib qoladi. Haftaning ikkinchi yarmida Chexiyaga g‘arbdan yomg‘ir keladi va o‘rtacha harorat 22-25 darajaga tushadi.
Mavzuga oid
09:38 / 12.06.2026
JCh-26. Koreyslar kambek amalga oshirdi
10:00 / 10.06.2026
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026