Jahon | 17:27 / 13.09.2016
6165
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Suriyada harbiy samolyoti urib tushirilganini tasdiqlamadi

Isroil aviatsiyasi Suriyada harbiy yo‘qotishga uchragani haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi. Bu haqda Reuters agentligi ma'lum qilgan.

Manbaning Isroil armiyasi matbuot xizmati vakili mayor Are Shalikarga asoslanib xabar berishicha, Isroil  harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchar qurilmasi Suriyada urib tushirilmagan. Suriya armiyasi aviazarba chog‘ida Isroil aviatsiyasi tomonga ikki raketa uchirgan, biroq nishonga tekkiza olmagan.

Bundan avvalroq Suriya armiyasi Isroil harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirgani haqida bayonot bergandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid