Jahon | 12:26 / 18.09.2016
9928
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yagona saylov kuni bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 18 sentabr kuni Rossiyada yagona saylov kuni bo‘lib o‘tmoqda. Rossiya fuqarolari Davlat dumasining yangi tarkibini tanlaydi.

Umumiy hisobda Davlat dumasi saylovida 111,5 mln saylovchi qatnashadi, jumladan xorijda bo‘lgan Rossiya fuqarolari ham.

Markaziy saylov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan. Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 elchixona va konsullik binolarida joylashgan. 

O‘tgan saylovda faqat 4 partiya qatnashgan bo‘lsa,  bu safar saylovchilar 14 partiyadan birga ovoz berishi kerak bo‘ladi. Partiyalar parlamentdan o‘rin olish uchun, saylovchilarning eng kamida 5 foiz ovozini to‘plashi talab etiladi.

2003 yildan beri ilk marta parlament saylovlari yana aralash tizimda o‘tkazilmoqda. Saylovda 5 foizdan ko‘p ovoz olgan partiyalar nomzodlarining yarmi (225 nafar deputat) partiya tomonidan taklif qilingan ro‘yxatlarga asosan tanlanadi, yana shuncha deputat esa bir mandatli okruglarda saylov o‘tkazish usuli bilan tanlanadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid