Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadan Londongacha poyezdda 2,5 soat... ishonmaysizmi?
Hyperloop vakuum poyezdi loyihasining investoriga aylangan rossiyalik ishbilarmon Ziyavuddin Magomedov Moskva va London o‘rtasida trassa yaratish imkoni mavjud, deb hisoblaydi. Bu haqida u Financial Times'ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin 15 yil ichida ikki poytaxt o‘rtasida Hyperloop maydoni bunyod etilishi mumkin. Oradagi masofani bosib o‘tish uchun 2,5 soatgina vaqt sarflanadi.
Hyperloop vakuum poyezdi konsepsiyasi 2013 yilda Tesla Motors va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask tomonidan ishlab chiqildi. Taxminlarga ko‘ra, maxsus kapsulalar siqilgan havo va past bosim hisobiga quvurlar bo‘ylab soatiga 1 200 kilometr tezlikda harakatlana oladi.
2016 yilning may oyida Hyperloop One Nevadada kelajak poyezdining tezlik mexanizmini sinovdan o‘tkazgan. O‘shanda Rossiya temir yo‘llari ushbu loyihaga qiziqish bildirgan edi va bu borada maxsus guruh tuzilgandi. Rossiya transport vazirligida Hyperloop loyihasini Primoreda amalga oshirish mumkinligi aytildi.
Mavzuga oid
08:51 / 19.06.2026
Moskva yaqinidagi NQZga hujumdan so‘ng “neft yomg‘iri” kuzatildi
15:18 / 15.06.2026
Kuchli yog‘ingarchilik tufayli Rossiya hududlarini suv bosdi – fotolar
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026