Jahon | 21:28 / 28.09.2016
17552
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp «Tolibon» yetakchilarini ranjitdi

«Tolibon» yetakchilari AQSh prezidentligi uchun saylovda respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Trampdan saylovoldi teledebati yakunida ranjishgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

«Tolibon»ning rasmiy vakillaridan biri Zabihulla Mujohidning aytishicha, harakat faollari AQShdagi saylov poygasini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ekstremistlar nomzodlarning hech biri debat vaqtida Afg‘oniston hamda o‘z nomlari tilga olinmaganidan xafa bo‘lishgan. 

Ularni ko‘proq Donald Trampning so‘zlari ranjitgan. Harakat rahbarlari uni nooqil odam sifatida qabul qilishgan va uni «boshiga nima kelsa, tiliga chiqaradigan nojiddiy odam» sifatida baholashgan.

Tolibonlar AQShning bo‘lg‘usi prezidenti o‘tmishdoshlarining xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqaruvchi siyosatchi bo‘lishiga umid bildirishgan va AQShning yangi prezidenti butun dunyoga agressiv siyosat qo‘llamasligi kerakligini aytishgan.

«Amerikaliklarning yangi rahbari oldida bir savol turadi: u pullarni Afg‘onistonda qon to‘kishda davom etish maqsadida sarflashda davom etadimi yoki afg‘on xalqiga o‘z muammolarini mustaqil hal qilishiga yo‘l qo‘yib beradimi? Agar bo‘lajak  prezident AQShning tashqi siyosatida o‘zgarishlar yasamasa, tolibonlar qurol ko‘tarib amerikaliklarga qarshi chiqishda, ularni mamlakatdan haydab chiqarmaguncha urush olib borishda davom etadi», — degan Mujohid.

«Tolibon» harakati 1996-2001 yillarda Afg‘oniston hukumati tepasida turgan. 2001 yilning 11 sentabri voqealaridan keyin AQSh bu mamlakatga qo‘shin kiritib, hukumatni almashtirgan. Butunlay tor-mor bo‘lmagan tolibonlar partizanlik urushini davom ettirmoqda. 2011 yilda mamlakatdan AQSh va ittifoqchilarining qo‘shinlari olib chiqib ketilishi jarayoni boshlangandi.

Mavzuga oid