Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hind chegarachilari Pokistondan kelgan kabutar "elchi"ni qo‘lga olishdi
Hindistonning Panjob shtatidagi chegarachilar, mamlakat bosh vaziri Narendra Modiga jangovar ruhda bitilgan maktubni olib ketayotgan kabutarni ushlab olishdi. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.
Xat tashuvchi qush shtat shimolidagi Patxankot tumanida ushlangan. Politsiyaning xabariga ko‘ra, kabutardagi maktubda: "Qadrli Modi, bizlarni 1971 yilgi urushdagi kishilar deb o‘ylama. Endi har bir chaqaloq Hindistonga qarshi kurashishga tayyor", degan so‘zlar bitilgan bo‘lgan.
Nashrning yozishicha, bu Pokistondan yuborilgan birinchi maktub emas. 1 oktabr kuni mintaqada shu kabi xatlar solingan ikkita havo shari topilgan edi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026