Sport | 09:27 / 06.10.2016
5909
2 daqiqa o‘qiladi

Guruh peshqadami O‘zbekiston terma jamoasi bugun Eronga qarshi maydonga tushadi

Foto: The-uff.com

Bugun, Jahon chempionati saralash bosqich o‘yinlarining navbatdagi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.

Jumladan, Osiyo qit'asida ham navbatdagi uchrashuvlarga start beriladi. “A” guruhida peshqadamlik qilayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 oktabr sanasida o‘zining navbatdagi uchrashuvini o‘tkazadi. Bu safargi raqib – Eron terma jamoasidir. Chindan ham guruhning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Mazkur uchrashuv 18:00da “Bunyodkor” stadionida start oladi. Hozirda Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi o‘z guruhida 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. Eron hisobida esa 4 ochko bor. Mazkur o‘yin oldidan terma jamoa tarkibida hech qanday yo‘qotishlar yo‘q. Odil Ahmedovning maydonga tushishi so‘roq ostida qolgan edi. Biroq u o‘yindan oldingi so‘nggi mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Shunday qilib, terma jamoa sardori Eronga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda maydonga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston - Eron (18:00)

Hakamlar: Benjamin Uilyams, Devid Uelsh, Natan Makdonald. To‘rtinchi hakam – Jared Jillet (Avstraliya).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid