Jahon | 09:47 / 06.10.2016
11748
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Putin bilan munosabati haqidagi so‘zlarga javob qaytardi

Foto:epa/vostock-photo

AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lmish Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan qanday munosabatda bo‘lishini hali oydinlashtirib olmaganini aytib o‘tdi. TASS agentligi xabariga ko‘ra, u Nevada shtatidagi Henderson shahrida o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvi chog‘ida shu haqda gapirgan.

U OAVda "Donald Tramp Putinni yoqtirishi" haqida yozilishiga munosabatini bildirib o‘tgan.

"Ular men Putinni sevishim haqida yozishadi. Men uni yaxshi ko‘rmayman ham, undan nafratlanmayman ham. Ko‘ramiz, keyinroq qanday bo‘lar ekan", degan u.

"Balki bizda yaxshi munosabatlar bo‘lar. Balki biz dahshatli darajada dushman bo‘larmiz. Balki, barchasi me'yorida kechar", degan Tramp.

Shu bilan birgalikda u agar saylovda g‘alabaga erishsa, Rossiya bilan birgalikda IShIDga qarshi kurash olib borishga tayyorligini bildirib o‘tgan.

"Agar biz Rossiya bilan, Rossiya biz bilan chiqishib ketsak va IShIDni bartaraf etsak, bu ajoyib bo‘lardi", deya qayd etgan nomzod.

Bungacha Tramp bir necha marta Rossiyaning IShIDga qarshi Suriyadagi harakatlariga tasannolar aytgandi. Sentyabr oyi oxirida u IShIDga qarshi kurashayotgan Putinga xalal bermaslik kerakligini aytgandi.

Mavzuga oid