Makkeyn ayollarga munosabati uchun Trampni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi
Senatda qurolli kuchlar qo‘mitasini boshqaradigan respublikachi senator Jon Makkeyn ma'lum qildiki, u o‘z partiyasining AQSh prezidentligi uchun saylovdagi nomzodi Donald Trampni qo‘llab-quvvatlamaydi. Bunga OAVda nomzodning ayollar haqida haqoratli gaplar aytgani oshkor qilingani sabab bo‘ldi.
"Sindi (siyosatchining rafiqasi - tahr.) va men Donald Tramp uchun ovoz bermaymiz. Men hech qachon saylovlarda demokratlar uchun ovoz bermaganman va bu safar ham shunday qoladi. Biz Hillari Klintonni ham qo‘llamaymiz. Biz saylov byulleteniga prezidentlikka munosib respublikachi nomini yozishni istardik", deya Respublikachilar partiyasi a'zosining so‘zlarini keltirgan AVS telekanali.
Bir qator respublikachi senatorlar Trampga prezidentlik poygasidan chiqishni maslahat berishmoqda.
Washington Post nashri 7 oktabrda Trampning ishtirokidagi 2005 yildagi videoni chop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilishi bilan maqtangan.
Bugun esa CNN telekanali ham Tramp ishtirokidagi videodan parcha namoyish qildi.
Tramp ushbu holat yuzasidan omma oldida uzr so‘rab, "yaxshiroq bo‘lishga" va'da berdi.
Lekin u hech qachon poygadan chiqmasligini ta'kidlamoqda.
Bundan oldinroq, Shvartsenegger saylovda Trampga ovoz berish fikridan qaytgani haqida xabar qilingandi.
Mavzuga oid
11:42 / 21.10.2024
Tramp Pensilvaniyada McDonald’s xodimi bo‘lib ishladi
23:13 / 20.08.2024
Tramp prezidentlik saylovida g‘alaba qozonsa Ilon Maskka Oq uydan lavozim taklif qiladi
21:54 / 04.08.2024
Tramp Putinni mahbuslar almashinuvi bilan tabrikladi
10:28 / 27.08.2021