Kaliforniyaning sobiq gubernatori, Hollivud kinoaktyori Arnold Şvartsenegger ma'lum qildiki, bundan buyon respublikaçi Donald Trampni prezidentlik saylovlarida qöllab-quvvatlaşni töxtatadi.
"Men 1983 yildan beri ilk marta, AQŞ fuqaroligini olganimdan beri ilk marta prezidentlik saylovida Respublikaçilar partiyasi nomzodiga ovoz bermaydigan böldim", degan aktyor öz tvitterida.

Şvartseneggerning aytişiça, u respublikaçilar partiyasidagi örtoqlariga "öz burçlarini yaxşilab öylab körişni" maslahat qiladi.
Aktyor keyingi oydagi saylovda hali qaysi tomonga ovoz beriş masalasini aniqlaştirib olmaganini bildirgan va nomzodni almaştirişga işora qilgan.
Bundan taşqari, Tramni qöllab-quvvatlaşdan respublikaçi senator Jon Makkeyn ham boş tortdi.
Eslatib ötamiz, Washington Post naşri 7 oktabrda Trampning iştirokidagi 2005 yildagi videoni çop etdi. Tramp unda ayollarga tegajoqlik qilişi bilan maqtangan.
Tramp uşbu holat yuzasidan omma oldida uzr sörab, "yaxşiroq bölişga" va'da berdi.
Bugun esa CNN telekanali ham Tramp iştirokidagi videodan parça namoyiş qildi.
AQŞning bir qator senatorlari Trampni prezidentlik poygasini tark etişga çaqirmoqda.
Uning özi esa heç qaçon bunday qilmasligini ta'kidlamoqda.
Bu voqealardan keyin Trampning nufuzi amerikaliklar orasida keskin tuşib bormoqda.

















