Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 10 oktabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 10 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev Senatga Konstitutsiyaning 24 yilligi munosabati bilan amnistiya e'lon qilish to‘g‘risida taqdimot kiritdi
Foto: UzReport
2016 yil 10 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Andijonning Eski shahar qismida keng miqyosdagi ta'mirlash ishlari boshlandi
Foto: andijan.uz
Andijon viloyati hokimligi portalida xabar qilinishicha, shaharning Eski shahar qismida katta miqyosdagi rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. >>> Batafsil.
13 oktabrdan O‘zbekistonda yomg‘irli kunlar boshlanishi kutilmoqda
Foto: trend.az
O‘zbekistonda 11-12 oktabr kunlari havo o‘zgaruvchan va bulutli bo‘lib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 13 oktabr kuni esa respublikaning ba'zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
>>> Batafsil.
Toshkent hayvonot bog‘iga jirafa keltirildi
Foto: tashkentzoo.uz
Toshkent hayvonot bog‘iga Qozog‘istondagi hayvonot bog‘idan jirafa olib kelindi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bergan.
>>> Batafsil.
Peterburg gubernatori urush holati uchun oziq-ovqat me'yorini tasdiqladi
Foto: Tjournal.ru
Urush yuz bergudek bo‘lsa, Sankt-Peterburg fuqarolariga 20 kun mobaynida bir sutkada 300 grammdan non berilishi kafolatlanadi. Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko shunday qarorni imzolagan.
>>> Batafsil.
Faqat Dubaydagina avtomobil raqami 9 million dollarga sotilishi mumkin
Foto: Uaeinside.com
8 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan RTA kimoshdi savdosida hindistonlik ishbilarmon Balvinder Sahani "D5" avtomobil raqamini 9 million dollarga (33 million dirham) xarid qildi.
>>> Batafsil.
Belgiyalik fermer dunyodagi eng katta qovoqni yetishtirdi
Foto: tvzvezda.ru
Belgiyalik fermer Mattias Villemayns og‘irligi 1190 kg keladigan qovoq yetishtirdi. Fermer ulkan sabzavotni Germaniyaning Lyudvigsburg shahrida bo‘lib o‘tgan qovoqlar og‘irligini o‘lchash bo‘yicha Yevropa chempionatiga olib keldi.
>>> Batafsil.
Putin Erdo‘g‘an bilan uchrashish uchun Istanbulga yetib keldi
Foto: © RIA Novosti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jahon energetika kongressida ishtirok etish uchun Turkiyaning Istanbul shahriga yetib bordi.
>>> Batafsil.
Turkiyada Jahon energetika kongressi ish boshladi
Foto: haqqin.az
RF, Turkiya va Ozarboyjon davlat rahbarlari Vladimir Putin, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Ilhom Aliyev energetika forumi boshlanishi arafasida qisqa suhbatlashishdi.
>>> Batafsil.
Tarixdagi eng qudratli yadro sinovlarining suratlari namoyish etildi
Foto: Youtube/RealLifeLore
Videoxosting xizmatini ko‘rsatuvchi YouTube saytidagi RealLifeLore kanali turli xil atom bombalarining portlashi qiyoslangan videoni havola etdi.
>>> Batafsil.
Kashmirda jangarilar universitet binosini egallab oldi
Foto: twitter.com/@RT_russian
Hindistonning Jammu va Kashmir shtatidagi hukumat universiteti jangarilar tomonidan egallab olingan.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston Parij avtosalonida ishtirok etmoqda
Avval xabar berganimizdek, shu yilning 1 oktabridan Paris Expo Porte de Versailles hashamatli ko‘rgazmalar markazida Parij xalqaro avtosalon o‘z ishini boshladi. U, dunyodagi eng ko‘p tomoshabin tashrif buyuruvchi avtoko‘rgazma hisoblanadi.
>>> Batafsil.
Dunyodagi eng hashamatli samolyot bortida sayohatga otlanamiz
Ko‘pchilikning o‘rindan qo‘zg‘almay biror bir joyga sayohat qilish orzusi har qachongidan yaqin. Etihad Airways aviakompaniyasi bu yo‘nalishda hammani ortda qoldirdi va A380 bortida butun boshli xonalarni yaratdi.
>>> Batafsil.
Inesta: «Barselona» bilan 20 yil

Terma jamoalar o‘yinlari munosabati bilan yuzaga kelgan tanaffusdan foydalanib, «Barselona»da bayram tashkil qilishdi: Andres Inesta La Masiya akademiyasi jamoasida ilk uchrashuvini o‘tkazganiga 20 yil bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020