Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tarixdagi eng qudratli yadro sinovlarining suratlari namoyish etildi
Videoxosting xizmatini ko‘rsatuvchi YouTube saytidagi RealLifeLore kanali turli xil atom bombalarining portlashi qiyoslangan videoni havola etdi. Mualliflar, portlashdan chiqqan energiyani, qo‘ziqorinsimon bulut balandligini hamda vayronagarchiliklar miqyosini o‘zaro taqqoslashgan.
Masalan, dunyoda tarixida ilk bor qo‘llanilgan va Xirosima shahrida portlagan atom bombasi 15 ming tonna trotil moddasiga teng bo‘lgan. 1970 yillarda ishlab chiqilib, sinalgan V83 termoyadroviy snaryadining portlashidan 1,2 million tonna trotil portlashidan hosil bo‘ladigan kuch hosil bo‘lgan. Bulut balandligi 20 kmga yetgan. Sovet davrida ishlab chiqilgan «Tsar-bomba» portlatilganda uning qo‘ziqorinsimon ustuni stratosferagacha (50 km) yetgan.
Mualliflar shuningdek, turli mamlakatlardagi yadro quroli zaxirasini ham taqqoslashgan. Unga muvofiq, bunda Rossiya mutlaq ustunlikka ega. Uning hisobida yetti mingdan ortiq jangovar kallak mavjud.
Mavzuga oid
08:39 / 30.06.2026
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026