Avval xabar berganimizdek, şu yilning 1 oktabridan Paris Expo Porte de Versailles haşamatli körgazmalar markazida Parij xalqaro avtosalon öz işini boşladi. U, dunyodagi eng köp tomoşabin taşrif buyuruvçi avtokörgazma hisoblanadi. 

123 ming kvadrat metrlik maydonda jahonning PSA, Renault, Audi, BMW, Mercedes-Benz, Hyundai, Porsche, Land Rover, Volkswagen, Skoda, Isuzu Motors kabi kompaniyalari özlarining yangi mahsulotlarini tomoşabinlar e'tiboriga havola etgan. 

Mutaxassislarning fikriça, bu yilgi Parij avtosalonining öziga xos jihati elektromobillarning köpligida bölgan. Taxminlarga köra, bu yilgi avtosalonga 1 milliondan ortiq inson taşrif buyurişi kutilayapti. 

Ta'kidlaş kerakki, Özbekiston Respublikasi ham avtomobil işlab çiqariş sanoatini rivojlantirayotgan dunyoning 28 davlati orasida öz örniga ega. Bugungi kunda, mamlakat avtosanoati mahsulotlari jahonning 15dan ortiq davlatiga eksport qilinmoqda. 

Dunyodagi ayrim yetakçi avtomobil işlab çiqaruvçi kompaniyalarning «Jahon» axborot agentligiga bergan intervyusida Özbekistonda bu sohaning rivojlaniş sur'atlariga yuqori baho bergan. 

Xususan, Isuzu Motors kompaniyasining Yevropa mamlakatlari böylab vakilligi rahbari Toru Makinuşi, Parij avtosalonida iştirok etayotgan özbekistonliklarni olqişlagan va Özbekiston ahlini Respublika mustaqilligining 25-yilligi bilan qutlagan. 

Uning sözlariga köra, bu yil Isuzu Motors kompaniyasi ham özining yubiley sanasini nişonlamoqda. 2016 yilda kompaniya asos solinganiga 100 yil böladi. Makinuşi Özbekiston bilan hamkorlik qilişning ajoyib tajribaga ega ekanini qayd etar ekan, özbek iste'molçilarining Isuzu Motors kompaniyasi mahsulotlarini tanlayotganiga taşakkur bildirgan.