Toşkent hayvonot boğiga Qozoğistondagi hayvonot boğidan jirafa olib kelindi. Bu haqda muassasa matbuot xizmati xabar bergan.
Xabar qilinişiça, Olmaota hayvonot boği Olatov laqabli 3 yoşli erkak jirafani Toşkent hayvonot boğiga sovğa qilib yuborgan.
Bu yoş jirafa Xan va Gratsiya laqabli jirafalardan tuğilgan. Qozoğistonga ilk jirafa 2003 yili Janubiy Afrika Respublikasidan keltirilgandi. Hozirda undan 12 marta nasl olingan.
Uzoq yöl bosib kelgan Olatov yangi hududga moslaşib, meva va sabzavotlar, akatsiya hamda qayrağoç novdalarini iştaha bilan yamlayotgani qayd etib ötilgan.













