Belgiyalik fermer Mattias Villemayns oğirligi 1190 kg keladigan qovoq yetiştirdi. Fermer ulkan sabzavotni Germaniyaning Lyudvigsburg şahrida bölib ötgan qovoqlar oğirligini ölçaş böyiça Yevropa çempionatiga olib keldi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

Qovoq avvalgi rekordçini ortda qoldirib, Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Avvalgi rekord şveysariyalik Beni Mayyer tomonidan 2014 yilda örnatilgandi, u yetiştirgan qovoqning oğirligi 1054 kg toş bosgan.

"Men özimni ajoyib his qilmoqdaman. Men u bunçalik oğir çiqadi deb öylamagandim. Bu ajoyib!", deb aytdi fermer ğalabadan keyin.

Har yilgi qovoqlarni ölçaş musobaqasida 20 dan köproq davlatdan önlab fermerlar iştirok etadi.