Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton Rossiyani Suriyadagi harbiy jinoyatlarda aybladi
AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasi nomzodi Hillari Klinton Rossiyani Respublikachilar partiyasi nomzodi Donald Tramp bilan o‘tgan debatlar vaqtidagi harbiy jinoyatlarda aybladi.
"Rossiya IShIDga e'tibor qaratmayapti, ular Asad rejimining saqlab qolinishi tarafdori", - dedi Klinton.
U Rossiyani "shuhratparast va tajovuzkor", deb atadi. Shuningdek Klinton AQSh davlat kotibi bo‘lgan paytlaridayoq "Rossiya va Putinga qarshi bo‘lgan"ini eslatib o‘tdi.
"Rossiya bilan hamkorlik qilishimiz kerak bo‘lgan joylarda shunday qilamiz ham, biroq biz Rossiyaning Suriyadagi harbiy jinoyatlarini o‘rganib chiqishimiz lozim", - deya qo‘shimcha qildi Klinton.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026