Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turniri boshlandi
Foto: Kun.uz
Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATR) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Tashkent Challenger – 2016” an'anaviy xalqaro turniri boshlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Nufuzli musobaqada yigirmaga yaqin davlat vakillari yakkalik va juftlik bahslarida g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Bu yilgi musobaqada dunyo reytingida yuqori pog‘onalarni egallab turgan chexiyalik Irji Veseli, fransiyalik Jyeremi Shardi, litvalik Rikardas Berankis, rossiyalik Yevgeniy Donskoy va Konstantin Kravchuk, o‘tgan yilgi turnir finalchisi, slovakiyalik Lukash Latsko singari tajribali tennischilar ishtirok etmoqda.
Turnirda Denis Istomin, Sanjar Fayziyev, Jo‘rabek Karimov, Humoyun Sultonov kabi tennischilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qilmoqda.
Mavzuga oid
22:20 / 09.05.2026
O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasida navbat yuzaga keldi
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026