Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 11 oktabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 11 oktabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali IIVga kelib tushgan barcha murojaatlarning 40 foizini propiska masalasi tashkil etadi
Foto: UZ24
O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida qonun ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida Ichki ishlar vazirligi inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov bilan suhbatlashdi.
>>> Batafsil.
Toshkentdan Barselonaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Foto: airoportsineurope.com
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK kelasi yildan Ispaniyaning Barselona shahriga parvozlarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, aviakompaniyaning turizm bo‘limi rahbari Rustam Qo‘rg‘onboyevga asoslangan holda Podrobno.uz. sayti yozmoqda.
>>> Batafsil.
Qoraqalpog‘istonda va Qashqadaryoda tumanlar IIB boshliqlari o‘zgardi
Foto: IIV
Qoraqalpog‘istonning Beruniy va Mo‘ynoq tumanlari ichki ishlar bo‘limlariga yangi boshliqlar tayinlandi. Bu haqda «Postda» nashri xabar bergan.
>>> Batafsil.
O‘zbekistonliklar petitsiya orqali Shavkat Mirziyoyevdan chiqish vizasini bekor qilishni so‘rashmoqda

Shange.org saytida O‘zbekistonda chiqish vizasini (OVIR) bekor qilish so‘ralgan petitsiya paydo bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Olimlar: Nyu-Yorkka jiddiy toshqinlar xavf solishi mumkin
Nyu-York 2100 yildan keyin toshqin ostida qolishi mumkin, deb bashorat qilmoqdalar amerikalik olimlar. Ularning bu bashoratlari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi.
>>> Batafsil.
Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" loyihasi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi
Foto: RIA
Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvurini qurish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
>>> Batafsil.
Tramp: Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!
Foto: bbc.com
AQSh prezidentligiga nomzod respublikachi Donald Tramp mamlakatdagi bir qator OAV uning davlat rahbari etib saylanmasligi uchun fitna uyushtirgani to‘g‘risidagi ma'lumotga izoh berdi. Tramp o‘zining Twitter'dagi sahifasida FOX News telekanalining videotasvirini yuklab, "Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahshat!" - deya yozuv qoldirdi.
>>> Batafsil.
Putin Fransiyaga borishdan bosh tortdi
Foto: AFP
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya poytaxti Parijga borish rejasidan voz kechgan. Reyter agentligi Fransiya prezidenti ma'muriyatidagi manbasiga asoslanib xabar qilishicha, 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tishi kutilgan ushbu tashrif bekor qilingani haqida rasmiy Moskva tomoni ogohlantirish yo‘llagan.
>>> Batafsil.
Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatdi
Foto: elespanol.com
Janubiy Koreyaning Samsung Electronics kompaniyasi 11 oktabrdan Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni vaqtinchalik to‘xtatadi. Bu haqida kompaniya saytida ma'lum qilindi.
>>> Batafsil.
Videoshok: 285 ilon bir vaqtning o‘zida ozodlikka chiqarildi

Internet tarmoqlarida bir vaqtning o‘zida 285 ilonni ozodlikka chiqarilishi ko‘rsatilgan video paydo bo‘ldi.
>>> Batafsil.
Saratonga qarshi kuchli vosita topildi
Foto: wallpapers.com
Amerikalik olimlar saraton bilan kurashishda yordam beruvchi vositani aniqlashdi. Bu - achchiq qalampir. The Telegraph shu haqda ma'lum qildi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston MTJ Toshkentda Xitoy ustidan g‘alaba qozondi

Jahon chempionatining 4-turida O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda Xitoyga qarshi bahs yuritdi. Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasida Aleksandr Geynrix va Anzur Ismoilovlar maydonga tusha olmagan bo‘lsa-da, Samvel Babayan tarkibdagi muammolarni bartaraf qila oldi.
>>> Batafsil.
Xamesning onasiga: «Jonsiz o‘g‘lingni ko‘rishni istaysanmi?»

«Real» jamoasining kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesning onasi Pilar Rubio o‘z o‘g‘liga o‘lim bilan tahdid qilishgani haqida xabar berdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020