Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" loyihasi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi
Rossiya va Turkiya "Turk oqimi" gaz quvurini qurish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvni imzoladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Kelishuvga ikki davlat rahbarlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an ko‘z o‘ngida Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak va Turkiya energetika va tabiiy zaxiralar vaziri Barat Albayrak imzo qo‘ydilar.
Putinning aytishicha, loyihani muhokama qilish davomida Moskva va Anqara Turkiyaga gazga chegirma berishga kelishib oldilar. Erdo‘g‘an o‘z navbatida "Turk oqimi" bo‘yicha ishlar tezlashtirilishini aytdi.
Avvalroq "Gazprom" rahbari Aleksey Miller ma'lum qilgandek, ushbu kelishuv Qora dengiz ostidan magistral gaz quvurining ikkita quvurini qurishni ko‘zda tutadi. Ularning har birining quvvati 15 mlrd kub metr gazdan oshadi.
Birinchi quvur orqali gaz faqatgina turkiyalik iste'molchilarga yetkaziladi, ikkinchi quvur esa Yevropa bozoriga mo‘ljallangan. Biroq ikkinchi quvurning qurilishi Yevropa Ittifoqining tegishli kafolatlari olingandan keyingina amalga oshiriladi.
Kelishuvga ko‘ra ikki quvur 2019 yil oxirigacha qurib bitkaziladi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
13:14 / 07.06.2026
Olti yildan buyon qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi
08:40 / 06.06.2026
Kremlda Putin va Shryoder o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
22:29 / 05.06.2026