Jahon | 09:29 / 11.10.2016
14841
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar: Nyu-Yorkka jiddiy toshqinlar xavf solishi mumkin

Nyu-York 2100 yildan keyin toshqin ostida qolishi mumkin, deb bashorat qilmoqdalar amerikalik olimlar. Ularning bu bashoratlari Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etildi. Olimlar meteorologik kuzatuvlar hamda geologik materiallar va global isish ta'sirini hisobga oluvchi iqlim modellarini tahlil qilishdi.

Olimlarning eng pessimistik prognozlariga ko‘ra, keyingi asrda Nyu-Yorkda toshqinlar hozirgidan 17 marta ko‘proq yuz beradi. Mutaxassislarning fikricha, suv sathi 2,7 metrgacha ko‘tariladi. Olimlarning ta'kidlashicha, toshqinlarga Sendi bo‘roni kabi tropik siklonlar olib keladi. Bu bo‘ron 2012 yilda 150 kishining umriga zomin bo‘lgandi.

Mavzuga oid