AQŞ prezidentligiga nomzod respublikaçi Donald Tramp mamlakatdagi bir qator OAV uning davlat rahbari etib saylanmasligi uçun fitna uyuştirgani töğrisidagi ma'lumotga izoh berdi. Tramp özining Twitter'dagi sahifasida FOX News telekanalining videotasvirini yuklab, "Bu haqiqatdan ham Amerikami? Dahşat!" - deya yozuv qoldirdi. 

Videoda telekanal boşlovçisi Bill ÖRayli şunday deydi: "AQŞda öz xodimlariga Trampni yöq qilişni buyurgan kamida 3 mediataşkilot bor".

"Agar siz Trampni qöllab-quvvatlasangiz, karerangizga nuqta qöyiladi", - deya qöşimça qildi ÖRayli, lekin aniq OAV nomini tilga olmadi. FOX News telekanali asosan respublikaçilar tarafdori hisoblanadi. 

Donald Trampning OAV bilan munosabatlari oson keçmayapti. Respublikaçilar nomzodi ularning aksariyatini öziga nisbatan noxolis munosabatda ayblamoqda.

Duşanba kuni siyosatçi yana bir bor CNN telekanaliga hujum qilib, uning debatlar natijasiga doir sörovnomasini "ayançli va adolatsiz", deb atadi. Telekanal Demokratlar nomzodi Hillari Klintonning ğolib bölganini ta'kidlagan. CNN telekanali köproq Demokratik partiya va uning nomzodlarini qöllab-quvvatlaydi.