Jahon | 18:54 / 17.10.2016
11970
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniya urush bo‘lish holatiga reja tuzishni boshlaydi

Foto: Sergey Stepanov / RIA Novosti

Estoniyada 1 dekabrdan Tallin ma'muriyatidagi maxsus ishchi guruh harbiy tahdid va mamlakatdagi boshqa inqirozli vaziyat holatiga reja tuzishni boshlaydi. Bu haqda Eesti Paevaleht nashri xabar bermoqda. 

Estoniyalik amaldorlarning fikricha, harbiy xatarlarni agar aholini tegishli ravishda tayyorlasa minimallashtirish mumkin. "Aholining yaxshi tayyorgarchilik ko‘rgani hujum qilmaslikka sabablardan biridir", deb aytdi maxsus guruh rahbari Margo Klaos.

Tallin muntazam ravishda Rossiya tomondan harbiy tahdid borligi taxminini aytib keladi. Sentyabrda Estoniya mudofaa kuchlari bosh shtabida Rossiyaning AN-72 harbiy samolyoti mamlakatning harbiy chegarasini buzgani ma'lum qilingan. Estoniyalik harbiylarning ma'lum qilishicha, bu Fin ko‘rfazidagi Vayndloo oroli yaqinida yuz bergan. Samolyot Estoniya havo hududida 1,5 daqiqacha bo‘lgan.

24 may kuni Latviya, Litva va Estoniya mudofaa vazirlari Boltiqbo‘yida NATO qo‘shinlari va qurollanishlari uchun vizasiz hududni yaratishni taklif qilishgan. Ular bergan bayonotda "Rossiyaning xatti-harakatlari jiddiy xavf tug‘dirayotgani va NATOning barcha ittifoqdoshlariga raxna hisoblanishi" aytilgan.

 

Mavzuga oid