AQSh termoyadro sintezida inqilob yasadi

Foto: Bob Mumgaard / Plasma Science and Fusion Center / MIT
Alcator C-Mod tokamakasida ishlagan Massachusets texnologiya instituti fiziklari, plazmaning kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori bosimiga erishishning uddasidan chiqishdi. Tadqiqotchilar Atom energiyasi bo‘yicha agentlikning Yaponiyadagi yig‘ilishida shu haqda ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda Gizmodo sayti.
Tokamak – torodial kamera bo‘lib, u boshqariluvchi termoyadro sintezi uchun zarur bo‘lgan ko‘rsatkichlarga erishishga mo‘ljallangan. Termoyadro esa, an'anaviy yadro energetikasidan shunisi bilan farqlanadiki, bunda og‘ir yadro atomlari yengillaridan sintez qilinadi. Biroq, fiziklar so‘nggi 50 yil mobaynida energiya olishga yetarli termoyadro sintezini olishning uddasidan chiqa olmayotgan edi.
Tokamak ichidagi atomlar toroidal magnit maydoni bilan ushlab turiladi. Ular 100 million darajagacha qizdiriladi. Bu esa, atomlar plazmasiga aylanadi (protonlar va elektronlardan iborat «qaynoq sho‘rva»). Zarralar og‘ir atomlarga aylanish uchun birikkanida ma'lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Ammo, energiya katta miqdorda va davomli bo‘lishi uchun plazma barqaror bo‘lishi lozim.
Olimlar atomlardan tashkil topgan «sho‘rva»ni yanada quyuqlashtirish uchun o‘ta qudratli magnitlardan foydalanishgan. Natijada, plazma ichidagi bosim shu paytgacha kuzatilmagan ikki atmosferaga yetgan. Albatta, bu uning barqarorligini ta'minlash uchun yetarli bo‘lmasa-da, olimlarning fikricha, bu rekord energetik samarali reaktorlar yo‘lidagi ilk qadamdir.
Garchi Alcator C-Mod tajribadan so‘ng buzilganiga qaramay, endilikda tajribalarni davom ettirish uchun agentlikning Fransiyadagi ITER tajriba reaktoridan foydalaniladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
Jahon | 02:31
-
Shveytsariyada radar tezlikni oshirgan o‘rdakni suratga oldi
Jahon | 01:40
-
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi
Jahon | 01:09
-
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
Jahon | 23:40 / 14.05.2025
Mavzuga oid

01:09
NYT: Trampning oilasi aprel oyida kamida 2 mlrd dollarga boyidi

22:25 / 14.05.2025
Tramp Qatar bilan 1,2 trln dollarlik iqtisodiy hamkorlik bitimini tuzdi

22:15 / 14.05.2025
Tramp arablar davrasida. U Falastinni tan oladimi?

20:40 / 14.05.2025