Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya elchisi izoh berish uchun Belgiya TIVga chaqirtirildi
Foto: AFP
Belgiya Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaning Bryusseldagi elchisini ruslar belgiyaliklarni Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qilishda ayblagani bo‘yicha chaqirtirdi.
«Rossiyaning Belgiyadagi elchisi Aleksandr Tokovinin Tashqi ishlar vazirligiga Rossiya tomoni Halabdagi aviazarbalar bo‘yicha bergan bayonotiga tushuntirish so‘rab chaqirtirildi», — deya Belgiya TIV rahbari Dide Reyndersning so‘zlarini keltirgan La Libre nashri.
Bundan oldinroq, Belgiya Mudofaa vaziri Stiven Vandeput mamlakat Harbiy havo kuchlari samolyotlari Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qilgani aytilgan bayonotni inkor qilib chiqqandi.
18 oktabr kuni kechqurun Rossiya Mudofaa vazirligi Suriyadagi ziddiyatli tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi bayonnomasiga asoslanib Xaasajyek qishlog‘ida Belgiyaning F-16 samolyotlari bergan zarba oqibatida olti kishi halok bo‘lib, to‘rt kishi jarohatlangani haqida xabar tarqatgandi.
Mavzuga oid
14:23 / 08.01.2026
Suriyada yana janglar boshlandi
07:45 / 20.09.2025
Rossiyaning yangi elchisi Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi
17:44 / 10.06.2025
Rossiya elchisi O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlamoqda
21:06 / 05.12.2024