Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya MF: Belgiya samolyotlari Halabda tinch aholi vakillarini bombardimon qildi
Suriya shimoli-g‘arbidagi Halab viloyati Xassajyek qishlog‘iga berilgan havo zarbalari oqibatida tinch aholi vakillari qurbon bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, bomba tashlangan vaqtda, hudud osmonida Belgiya HHKning ikkita F-16 samolyoti kuzatilgan. Bu haqda, Suriyadagi ziddiyatli tomonlarni yarashtirish bo‘yicha Rossiya markazi bayonnomasida so‘z yuritilgan. U RF mudofaa vazirligi saytida e'lon qilindi.
Bombadirmon qilingani to‘g‘risidagi xabar mudofaa vazirligiga tungi soat 3:00 atrofida kelib tushgan. Bu haqda Afrin shahri mahalliy kengashi vakili ma'lum qilgan. Mazkur havo zarbasi oqibatida 6 nafar tinch aholi vakili qurbon bo‘lgan, yana 4 nafari yaralangan. Ikkita turarjoy binosi vayron qilingan.
«Rossiya HKK yoki Suriya HHK samolyotlari bu mintaqada yo‘q edi. 18 oktabr tunda Xassajyek tumanida xalqaro koalitsiya samolyotlari maxsus amaliyot o‘tkazgan. Havoni nazorat qilish uskunalari bu vaqtda Belgiya qirolligi HHKning ikkita F-16 samolyotini qayd etgan», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
08:39
Polsha razvedkasi: Rossiya mablag‘iga namoyishlar tashkil etgan guruh fosh etildi
13:17 / 29.06.2026
Ukrainaning 40 kunlik ta’sir amaliyoti: urush burilish nuqtasidami?
18:12 / 28.06.2026
Moskvaliklar benzin uchun navbat kutmoqda – suratlar
10:40 / 27.06.2026