Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Raqqaga hujum qilinishini e'lon qildi
Foto: rtl
IShIDga qarshi kurashuvchi xalqaro koalitsiya kuchlari Iroqning Mo‘sul shahrini ozod qilgandan keyin, Suriyaning Raqqa shahriga hujum qilishi ma'lum qilindi. Bu haqda 21 oktabrda AQSh davlat kotibi yordamchisi Toni Blinken RTL fransuz radiostansiyasiga bergan intervyusida ma'lum qildi.
"Hozir bizga Raqqa masalasi dolzarbdir. IShID aynan u yerda o‘z teraktlarini rejalashtiradi. Bu ularning haqiqiy poytaxti. Raqqaga yo‘nalish olib, uni qamal qilib, qo‘lga olish kerak", deb aytdi Blinken.

Biroq Raqqaga hujum qilishdan avval Mo‘sulni egallash lozim. Blinkenning aytishicha, Mo‘sulda 5-6 ming jangari joylashib olgan. "Ularda himoyalanishga ancha vaqt bo‘lgan. Afsuski, ular u yerda mustahkamlanib, bizning hujumni iloji boricha qiyinlashtirish maqsadida mina va fugaslar o‘rnatganlar", deb ta'kidlab o‘tdi Blinken.
Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiya 17 oktabrda boshlandi. Shaharni ozod qilishda ishtirok etayotgan quruqlikdagi qo‘shinlar soni 60 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, Mo‘sulni ushlab qolish uchun 5-6 ming jangari kurashayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:22
Tramp ma’muriyati: Minnesotadagi reydlar yakunlandi
23:24 / 12.02.2026
Rossiya Trampning tahdidlariga qaramay, Kubaga neft yetkazib berishga qaror qildi
22:21 / 12.02.2026
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
17:59 / 12.02.2026