Fan-texnika | 17:28 / 22.10.2016
13697
3 daqiqa o‘qiladi

LG Turbo Wash bilan ekspress-kir yuvish

Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, nima uchun avtomobillarni yuvish shahobchalarida ularni kuchli bosim ostidagi suv bilan  tozalashadi, kir yuvish mashinasidagi kiyimlar esa shunchaki ma'lum bir miqdordagi suv bilan ishqalanadi, xolos? Gap texnologiyalar orasidagi farqda emas, kir yuvuvchi mashinalarda dush effektini joriy qilishda – kir yuvishning eng yaxshi usuli – yaqindagina o‘ylab topildi. Janubiy Koreyaning LG Electronics muhandislari qisqa muddat ichida maksimal darajadagi samarali natija ko‘rsatadigan TurboWash texnologiyasini ishlab chiqishdi. 

Tezkor kir yuvish funksiyasi hamda “Paxta”, “Paxta Large”, “Mix” va “Yengil g‘amxo‘rlik” rejimlari bilan ta'minlangan mazkur yangi texnologiya kir yuvish vaqtini 49-59 daqiqagacha qichsqartirishga imkon yaratadi. Zamonaviy avtomat-mashinalarda paxta matolarni yuvish, chayish va siqish uchun o‘rtacha bir yarim soat vaqt sarflanadi. Bu esa paxta matolarni yuvishga ancha vaqt ketishini ko‘rsatadi. Har 90 daqiqada mashinaning ishchi resursi, elektr energiyasi va suv sarflanadi.

Inqilobiy texnikaning asosiy detali – JetSpray. Bu maxsus purkagichlar yoki spreylar bo‘lib, unda kirlarni chayish vaqtida ularga katta bosim ostida suv purkaladi. Bunday bosim ostida kir yuvish vositalari matodan tezroq va yaxshiroq yuviladi, chayishga atigi 2 daqiqagina vaqt ketadi, bir martalik kir yuvishga sarflanadigan suv esa 31 litrga, ya'ni o‘rtacha 40 foizga qisqaradi. Elektr energiyasi 15 foizga tejaladi. Shu tariqa LG kir yuvish sifati nafaqat sarflanayotgan vaqtga, balki to‘g‘ri belgilangan rejimga ham bog‘liqligini isbotlashning uddasidan chiqdi.

O‘zbekiston bozorida TurboWash innovatsion texnologiyasi LG’ning 2016 yilda ishlab chiqarilgan  barcha kir yuvish modellarida (6-8 kg) qo‘llangan. Bu modellarning har biri ekologik va energiya iste'moli jihatidan yuqori natijalarni ko‘rsatdi.

LG  Internet tarmoqlarida: 
Facebook: https://www.facebook.com/LGUzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/lguzbekistan/
Lgblog: http://lgblog.uz/
Mover: http://mover.uz/channel/lguzbekistan/

Mavzuga oid