Jahon | 08:03 / 23.10.2016
4748
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya sharqidagi portlashda bir politsiyachi halok bo‘ldi

© AP Photo/ Lefteris Pitarakis

23 oktabrga o‘tar kechasi Turkiya sharqida portlash sodir bo‘ldi. Aniqlanishicha, Bingel viloyatida joylashgan Ganch shahrida minalashtirilgan avtomobil portlatilgan. Bu hujum avtomobil yonidan politsiyaning zirhli mashinasi o‘tayotganda yuz bergan, deb xabar bermoqda Anadolu axborot agentligi.

Voqea oqibatida bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana 16 kishi, jumladan 6 politsiyachi jarohat olgan. 

Turkiya hukumati bu teraktda Kurdiston ishchi partiyasi a'zolarining qo‘li borligiga gumon qilmoqda. Ayni vaqtda viloyatda jangarilarni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid