Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidentiga hamdardlik bildirdi
Foto: Sputnik
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Kvetta shahridagi politsiya akademiyasida sodir etilgan terrorchilik hujumi natijasida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Navoz Sharifga maktub yo‘lladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV sayti xabar bergan.
Davlat rahbari Pokiston Hukumati va xalqiga chuqur ta'ziya bildirdi hamda halok bo‘lganlarning oila a'zolariga va jarohat olganlarga samimiy hamdardlik izhor etdi.
Eslatib o‘tamiz, akademiyaga 25 oktabr kuni ertalab uyushtirilgan hujum natijasida 60 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, 165 kishi jarohatlandi. Hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
14:13 / 02.03.2026
Pokistonda AQSh va Isroilga qarshi namoyishlar: 23 kishi halok bo‘ldi
21:02 / 01.03.2026
Afg‘oniston Pokiston bilan to‘qnashuvlar davomida 400 nafardan ortiq harbiylarini yo‘qotdi
12:45 / 01.03.2026
Pokistonda yuzlab namoyishchilar AQSh konsulligiga hujum qildi
21:59 / 28.02.2026