Jahon | 21:16 / 29.10.2016
3764
2 daqiqa o‘qiladi

Armaniston prezidenti Saylov kodeksiga o‘zgartirishlarni imzoladi

Foto: © RIA

Armaniston prezidenti Serj Sargsyan 29 oktabrda parlament tomonidan qabul qilingan mamlakatning Saylov kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasini imzoladi. Bu haqda Sargsyan matbuot xizmati ma'lum qildi

Milliy yig‘ilish (parlament) 20 oktabrda Saylov kodeksiga o‘zgartirishlarni qabul qilgandi. Qonun loyihasiga ko‘ra, saylovdan keyingi kunda soat 12.00dan so‘ng ovoz berganlar ro‘yxati chop etiladi. Ro‘yxatlar Markaziy saylov komissiyasi saytining alohida bo‘limida joylashtiriladi. Har bir ro‘yxatga saylov uchastkasi va hududiy saylov okrugi raqami ilova qilinadi.  

Har bir saylov uchastkasida muntazam videoga olish olib boriladi, videoyozuvni maxsus saytda onlayn-rejimda namoyish qilinishi rejalashtirilgan. Suratga olish, namoyish qilish va videoni saqlash tartibi maxsus komissiya tomonidan tuziladi. Bu komissiya suratga oluvchi operatorni ham tanlaydi. 

Birovning o‘rniga ovoz berish uchun jinoiy javobgarlik  – 2 yildan 5 yilgacha qamoq jazosi kiritiladi. Shuningdek, bu qoidbuzarlik haqidagi soxta ayblovga jazo ham taklif qilingandi, biroq muxolifatning e'tirozlaridan keyin yetakchi Armaniston respublika partiyasi yon bosib, ushbu qoidabuzarlik uchun jarima yoki ikki yilgacha qamoq jazosi belgilashni taklif qildi.

Armaniston parlamenti 25 may kuni yangi Saylov kodeksini qabul qildi. Yangi kodeks 2017 yildagi navbatdagi parlament saylovlari oldidan qabul qilindi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid