Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada zilzilalar davom etmoqda
31 oktabrga o‘tar kechasi Italiyaning markaziy qismida yana 3 marta yer silkinishi ro‘y berdi. Bu haqda Yevropa-O‘rta yer seysmologiya markazi ma'lum qilgan.
Mahalliy manbalar ma'lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 4:27da 4,2 ball kuch bilan qayd etilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bu zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar yo‘q.
30 oktabr kuni Italiyaning markaziy qismida kuchli zilzila sodir bo‘ldi.
Dastavval AQSh Geologiya xizmati zilzila magnitudasi 7,1 ni tashkil etganini xabar qilgan edi. Ammo keyinroq EFE agentligi Italiya geofizika va vulqonshunoslik milliy institutiga tayangan holda ofat 6,1 magnitudali bo‘lganini yozdi. Yevropa–O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi, o‘z navbatida, 6,6 sonini keltirdi.
Tabiiy ofat episentri 10 kilometr yer ostidan o‘tgan. Silkinishlar Rim va Florentsiyada sezildi.
Italiya Milliy geofizika va vulqonshunoslik instituti mutaxassislarining ta'kidlashicha, Apennin yarim oroli go‘yoki Adriatika va Terrin dengizlari qirg‘oqlari bo‘ylab kengayib bormoqda, ayni vaqtda Alp tog‘larining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda.
Zilzilalar hududidagi seysmik faollik davom etmoqda, xabar berishlaricha, magnitudasi 4,0 dan yuqori bo‘lgan yerosti silkinishlari tez-tez sodir bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
01:35 / 06.10.2025
Qirg‘izistondagi zilzila kuchi O‘zbekiston hududlarida sezildi
08:51 / 22.09.2025
Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
13:14 / 20.09.2025
Rossiyadagi o‘zbekistonliklar Kamchatkadagi zilzila tufayli ogohlantirildi
13:05 / 19.09.2025