19 sentabr kuni Rossiyaning Kamchatka o‘lkasi qirg‘oqlariga yaqin Tinch okeanida 7,2 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan. Petropavlovsk-Kamchatskiy va Vilyuchinsk shaharlarida 7 ballgacha sezilib, sunamiga oid ogohlantirish ham e’lon qilingan.
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabariga ko‘ra, hozircha qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q, favqulodda xizmatlar yuqori shay holatga keltirilgan.
Mazkur hududdagi o‘zbekistonliklarga zarur holatlarda konsullikka to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish mumkinligi eslatib o‘tildi.
Bosh konsulxona quyidagi telefon raqamlari orqali murojaatlarni qabul qiladi: +7 (423) 260-48-00, +7 (902) 078-70-07.










