Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, yer silkinishi soat 07:04 da sodir bo‘lgan. Zilzila episentri Botken tumanida, 10 kilometr chuqurlikda, Toshkent shahridan 265 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Magnituda 3,3 ni tashkil etdi.
O‘zbekistonda yerosti silkinishlari asosan Farg‘ona viloyati - Quvasoy shahri va Farg‘ona tumanida sezildi.










