Jahon | 08:19 / 09.11.2016
3349
1 daqiqa o‘qiladi

Nigeriyada noma'lum kimsalar 36 nafar oltin izlovchini otib ketdi

Foto: Getty Images

Nigeriya shimolida kamida 36 nafar oltin izlovchi mototsiklda bo‘lgan noma'lum kimsalar tomondan uyushtirilgan qurolli hujum qurbonlari bo‘ldilar, deb xabar bermoqda Frans Press axborot agentligi. 

Hukumat vakilining aytishicha, mototsiklda bo‘lgan bir guruh kimsalar Nigeriya shimolida joylashgan Zamfara shtatidagi oltin izlovchilar lageriga hujum qilgan.

O‘z navbatida Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, ayni vaqtda hujum sababi noma'lumligicha qolmoqda, chunki bosqinchilar hech narsa o‘g‘irlashmagan. Mart oyida ham bir oltin izlovchi xuddi shu shtatda o‘ldirib ketilgandi.  Politsiyaning taxmin qilishicha, hujumga oltin izlovchilar o‘rtasidagi nizo sabab bo‘lishi mumkin.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid