Jahon | 07:33 / 10.11.2016
9252
1 daqiqa o‘qiladi

Kaliforniyada ikkita qiruvchi samolyot havoda to‘qnashib ketdi

Foto: © AP

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining ikkita qiruvchi-bombardimonchi F/A-18 Hornet samolyoti Kaliforniya shtati San-Diyego shahri osmonida to‘qnashib ketdi, deb xabar qilmoqda ABC News telekanali. Ta'kidlanishicha, hodisa, o‘quv parvozlari chog‘ida yuz bergan. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, qiruvchi samolyotlar uchuvchilaridan biri katapulta qilishga va Tinch okeaniga qo‘nishga muvaffaq bo‘lgan. Uni qidiruv-qutqaruv vertolyoti qutqargan. Ikkinchi uchuvchi o‘z boshqaruvidagi qiruvchini harbiy baza hududiga qo‘ndirgan. 

Ikkala uchuvchi ham shifoxonaga yotqizilgan va holati barqaror ekani xabar qilinmoqda. Ayni vaqtda, surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 


 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid