Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyaning Petrobras kompaniyasi yirik zarari haqida ma'lum qildi
Braziliya davlat neft kompaniyasi – Petrobras’ning joriy yil uchinchi choragida ko‘rgan sof zarar hajmi 5 marta ko‘paygan va 5,38 mlrd dollarni tashkil etgan. Bu haqda, RNS kompaniya ma'lumotlariga tayangan holda xabar qilmoqda.
Kompaniya 2016 yil ikkinchi choragida 106 mln dollar miqdorida sof daromad olganini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, kompaniya hisobot davrida 21,69 mlrd dollar miqdorida savdo tushumiga ega bo‘lgani haqida xabar qilgan. Bu raqam ham, avvalgi ko‘rsatkichdan 6,38 foizga kam demakdir.
Hisobotda aytilishicha, kompaniya aksiyalarining har biridan ko‘rilgan zarar 0,41 dollarni tashkil etgan va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,5 marta arzonlashgan. Har bir qimmatli qog‘ozdan 0,9 dollargacha zarar ko‘rilgan.
Mavzuga oid
18:23 / 27.04.2026
O‘zbekiston bokschilari Jahon kubogi ilk bosqichida 3 ta medalni qo‘lga kiritdi
08:05 / 07.04.2026
Strategik resurslar xaritasi: nodir yer elementlari kimning qo‘lida?
20:09 / 09.03.2026
Braziliyadagi futbol uchrashuvida 23 ta qizil kartochka ko‘rsatildi
07:36 / 29.12.2025