Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kechki dayjest: 14 noyabrning eng muhim xabarlari
Yakunlanib borayotgan 14 noyabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaradagi 56 pozitsiya bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: UzDaily
8–13 noyabr kunlari tasdiqlangan reja-jadvalga binoan Farg‘ona shahrida davlatlararo chegarani delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston Hukumat delegatsiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
>>> Batafsil.
Abdulaziz Komilov BMT Mintaqaviy markazi rahbari bilan uchrashdi

2016 yilning 14 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi (MOPDMM) rahbari Petko Draganovni qabul qildi.
>>> Batafsil.
Alyaskalik suvda bir-biri bilan shoxlasha turib muzlab qolgan loslarni topdi
Foto: Facebook
Alyaska shtatining Unalaklit shahrida istiqomat qiluvchi Jyeff Erikson o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida daryoda muzlab qolgan loslarning suratlarini namoyish qildi.
>>> Batafsil.
Dubayda birinchi eko-masjid ochildi
Foto: Tradearabia.com
Dubay shahridagi “yashil hudud” deb ataluvchi Sustainable City tumanida birinchi eko-masjid ochildi.
>>> Batafsil.
Homilador ayollar va nogironlarga bepul taksi xizmati ko‘rsatilmoqda
Foto: autotrans.uz
Urganch shahridagi «Xorazm Ravon trans» mas'uliyati cheklangan jamiyati xayrli ishlarni amalga oshirib kelmoqda - korxonaning yengil taksi haydovchilari bayram kunlari shahar ichi yo‘nalishlari bo‘ylab homilador ayollar va nogironlarni bepul o‘z manziliga yetkazadi.
>>> Batafsil.
Tramp Oq uy apparati rahbarini aniqlab oldi
Foto: © AP
AQShning yangi prezidenti Donald Tramp Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi rahbari Rins Pribasni Oq uy apparati rahbari lavozimiga tayinlashga qaror qildi.
>>> Batafsil.
Moldovadagi prezident saylovida ham Rossiya tarafdori g‘olib chiqdi
Foto: © Sputnik
Moldovada bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri prezident saylovining 2-bosqichida Sotsialistlar partiyasi rahbari Igor Dodon g‘olib chiqdi.
>>> Batafsil.
Polshada aviahalokatga uchragan prezident Kachinskiy jasadi kavlab olinadi
© AP Photo
2010 yil noyabrida Smolensk (Rossiya) osmonida aviahalokatga uchragan Polsha prezidenti Lex Kachinskiy va uning rafiqasi Mariya jasadlari eksgumatsiya qilinadi (sud-tibbiy ekspertizasi uchun kavlab olinadi).
>>> Batafsil.
Klintonlar ajralayotgani haqidagi asossiz xabar ko‘plab OAVni noshud holatga tushirib qo‘ydi

Hillari va Bill Klintonlar AQSh prezidentligi saylovlaridan keyingi kunda ajralishga ariza bergani haqidagi xabarlar asossiz mish-mish bo‘lib chiqdi.
>>> Batafsil.
SUPeROY 1 kunga kechikdi, ammo chiqdi!
Foto: Kun.uz
Ko‘plab nashrlarda 13 noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi yuz berishi ma'lum qilingan Superoy hodisasi bir kunga kechikib, 14 noyabrdan 15 noyabrga o‘tar kechasi yuz berishi kutilmoqda.
>>> Batafsil.
Marsga chiquvchi sayyohlar yashaydigan uylar prototipi namoyish qilindi (fotojamlanma)

Qachonlardir odamlarning o‘zga sayyoralarda yashashini tasavvur qilish faqatgina fantast-yozuvchilarga xos edi, biroq bugungi kunda bu - Qizil Sayyoraga ilk parvozni amalga oshirishga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan SpaceX va NASA kabi kosmik tashkilotlar xodimlari majburiyatiga kiradi.
>>> Batafsil.
Mercedes-Maybach o‘zining eng qimmat kabrioletini namoyish etdi

Mercedes-Maybach yangi kabrioletining ilk tizer tasvirlarini namoyish etdi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti 16 noyabr kuni Los-Anjyeles avtosalonida bo‘lib o‘tadi.
>>> Batafsil.
Shumaxerdan Boltgacha. Futbolchi bo‘lishni orzu qilgan 5 nafar yulduz

Zamonaviy yengil atletika qiroli Useyn Bolt bir necha yillardan buyon o‘zining sevimli jamoasi – «Manchester Yunayted» klubida to‘p surish istagini bildirib keladi.
>>> Batafsil.
Samvel Babayan: "Ertangi o‘yin uchun aniq rejamiz bor"
Foto: O‘FF
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan Jahon chempionati saralashining uchinchi bosqichi doirasida Janubiy Koreyaga qarshi safarda kechadigan o‘yin oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:01 / 04.01.2025
Isroilning G‘azoga aviazarbasi, Suriyaga tashrif buyurgan yevropalik vazirlar va Antalyaning rekordi - kun dayjesti
23:48 / 11.09.2024
11 sentabrning asosiy yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
21:05 / 06.04.2020
Shifoxonaga tushgan Jonson, qirolichaning murojaati, neft bo‘yicha kelisha olmayotgan Rossiya va Saudiya hamda kunning boshqa xabarlari
22:31 / 04.04.2020