Köplab naşrlarda 13 noyabrdan 14 noyabrga ötar keçasi yuz berişi ma'lum qilingan Superoy hodisasi bir kunga keçikib, 14 noyabrdan 15 noyabrga ötar keçasi yuz berişi kutilmoqda.
Bu galgi superoy ayniqsa özgaça bölişi aytilmoqda. Ya'ni Oy 70 yil içida birinçi marta sayyoramizga bunçalik yaqin keladi. Oxirgi marta bunday qisqa masofaga yaqinlaşuv 1948 yilda kuzatilgan.

Oy Yer atrofida aylanişi davomida biz uning Quyoş bilan yoritilgan tomoni sekin-asta tölişib borişini kuzatamiz. Şunday vaziyatlardan birida Oy töliq doira şakliga kirganda, u tölinoy deb ataladi.
Oyning sayyoramiz atrofida bir marta töliq aylanib çiqişi 27 kunga yaqin davom etadi, bunda Oy Yer atrofida ellipssimon trayektoriya böyiça harakat qiladi. Bu esa Oy özining orbitasidagi har bir nuqtada sayyoramizdan turli uzoqlikda joylaşişini anglatadi. Biroq bu masofa Yerning Quyoş atrofida aylanişi holatiga ham boğliq böladi. Ya'ni, tölinoy bilan uning Yerga eng qisqa masofaga yaqinlaşişi (perigey) har doim ham mos tuşmaydi.
Biz kutayotgan superoyda tölinoy va perigey mos tuşadi. Superoyda odatda Oy odatdagidan 14 foizga kattaroq va 30 foizga yorqinroq körinadi. Biroq bu farq oddiy kuzatuvçi uçun unça ham sezilmasligi mumkin.
"Farq unça katta emas, Oy qişda osmonda baland kötarilişini hisobga olsak, bu farqni suratlarni taqqoslamasdan biliş biroz muşkul böladi", deb aytmoqda Kardiff universiteti doktori Kris Nort.
Nyu-Yorkdagi Xeyden planetariysi direktori Nil de Grass Taysonning aytişiça, superoy atrofida haddan taşqari köp şov-şuv kötariladi.
"Bu holatni birinçi bölib kim "superoy" oy deb ataganini bilmaymanu, biroq siz 16 dyuymli pitssa buyurtma qilib, uni 15 dyuymli pitssaga nisbatan "superpitssa" deb atamasangiz kerak", deb aytmoqda mutaxassis.



























