Mercedes-Maybach yangi kabrioletining ilk tizer tasvirlarini namoyiş etdi. Avtomobilning rasmiy taqdimoti 16 noyabr kuni Los-Anjyeles avtosalonida bölib ötadi. S650 deb nomlangan avtomaşinadan çeklangan miqdorda, atigi 300 dona işlab çiqariladi. U Daimler konserni tarixidagi eng haşamatli avtomobil bölişi aytilmoqda.
Yangi model, ilk marotaba ötgan yili Frankfurtdagi motorşouda namoyiş etilgan S-Class kabrioleti negizida barpo etiladi. Uni 6,0 litrli, benzinli V12 turbomotor harakatga keltiradi. Motor quvvati 520 ot kuçini taşkil etadi.
Avvalroq, Mercedes-Benz rahbariyati yaqin yillarda Maybach brendi ostida dabdabali avtomobillar işlab çiqilişi mumkinligini bildirgan edi. Agar mazkur kabriolet bilan uşbu loyihaga start berilgan bölsa, avtomobil umuman yangi platformada barpo etiladi. Yangi mahsulotga Rolls-Royce Cullinan va Lamborghini Urus kabi maşinalar raqobat qilişi kutilayapti. Norasmiy ma'lumotlarga köra, Maybach brendli yöltanlamaslar yangi avlod GLS modellari negizida işlab çiqilişi ehtimol.

















