Özbekiston milliy terma jamoasi boş murabbiyi Samvel Babayan Jahon çempionati saralaşining uçinçi bosqiçi doirasida Janubiy Koreyaga qarşi safarda keçadigan öyin oldidan taşkil etilgan matbuot anjumanida iştirok etib, jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Murabbiyga Özbekiston milliy terma jamoasi hujumçisi Igor Sergeyev hamrohlik qildi.

Koreyalik jurnalistlar dastlab Samvel Babayandan 2015 yilda bölib ötgan Osiyo Kubogida Janubiy Koreyaga qarşi öynagan Özbekiston terma jamoasidan hozirgisi nima bilan farq qilişi haqida söraşdi.

“Osiyo Kubogida qatnaşgan jamoa va hozir men boşqarayotgan jamoani bir-biriga qiyoslaş mening işim emas. Buning uçun jurnalistlar, boşqa mutaxassislar bor. Bu iş men tomonimdan qilinişi töğri bölmaydi. Faqat şuni aytiş mumkinki, öşa turnirdagi jamoadan hozirda tarkibimizda 8 nafar futbolçi bor. Bugungi kunda milliy terma jamoaga köpgina yoş futbolçilarni jalb etyapmiz. Ammo “U jamoa bunday öynardi, biz bunaqa öynaymiz”, deb muhokama qilmoqçi emasman”, - deya javob berdi murabbiy.

Raqib terma jamoasi safidagi eng xavfli futbolçilar haqida söralganida esa Babayan quyidagiça javob qaytargan: “Janubiy Koreya terma jamoasida iste'dodli futbolçilar juda köp. Kuçli çempionatlarda faoliyat yuritadigan legionerlar ham, mahalliy çempionatda töp suradigan yulduzlar ham bor. Hozir omma oldida kimnidir alohida körsatmagan bölardim. Asosiysi, biz özimiz uçun raqib safidagi eng xavfli futbolçilarni aniqlab oldik va ularga qarşi qanday öynaş kerakligini bilamiz”.

Undan öyinning muhimlik darajasini hisobga olib, unga alohida tayyorgarlik körilgan-körilmagani haqida ham söraşgan.

Samvel Babayan Özbekiston terma jamoasi uçun har bir öyin muhimligini, raqib Suriyami, Koreyami, bundan qat'i nazar navbatdagi har bir öyinga eng muhim sifatida yondaşilişi va şunga yaraşa tayyorlanilişini ta'kidladi.

Igor Sergeyevdan Özbekiston çempionatida doimiy ravişda sermahsul öyin namoyiş etgani, ammo Xitoy klubiga ötgaç, bu körsatkiçi oqsagani haqida söralganida hujumçi şunday javob berdi:

“Bu mening birinçi bor xorij klubida özimni sinab körişim edi. U yerda hali köp öynamadim, yarim yilgina böldi. Yangi çempionatga, jamoaga moslaşişga vaqt ketdi. Yetarliça öyin amaliyotiga ham ega bölmadim, deb öylayman. Sabablar köp. Şunday bölsada, gollar urişga doim harakat qilaman. Sönggi vaqtlarda bu borada ahvol ança yaxşilandi. Umid qilamanki, şunday davom etadi. Terma jamoaga töxtaladigan bölsam, unga çaqiruv oldingmi, maydonda boringni berib harakat qilişing, unga maksimal yordam berişga intilişing şart”.