Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IShID jangarilariga AQSh samolyotlarini urib tushirmaslik buyurilgani ma'lum bo‘ldi
Foto: © AP
IShID jangarilariga AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy-havo kuchlari samolyotlarini urib tushirishni taqiqlovchi hujjat Sputnik Arabic nashri tahririyati ixtiyoriga tushib qoldi. Hujjat jangarilarning mahalliy yetakchisi Abu Muaviya tomonidan imzolangan bo‘lgan.
Bu buyruq iroqlik harbiylar jangarilar bilan kurashayotgan Iroqning Mo‘sul shahri yaqinidagi Baxdid shahrida topilgan.
"Havoda bo‘lgan uchish qurilmasini uning balandligidan qat'iy nazar, hattoki u uy tomiga qo‘ngan bo‘lsa ham urib tushirish taqiqlanadi", deyilgan xabarda.
Sputnik Arabic’ning yozishicha, Iroq va Suriya chegarasi o‘tadigan Naynavo viloyati hududida faqatgina koalitsiya samolyotlari aviazarbalar bera oladi. Koalitsiya iroqlik ko‘ngilli askarlar va qo‘shinlarni bir necha marotaba bombardimon qilganligi fosh qilingan. Bundan tashqari, koalitsiya samolyotlari keyinchalik jangarilar qo‘liga tushgan gumanitar yuklarni tashlagan holatlar ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
18:53 / 01.01.2026
Dunyoning eng yirik investori Uorren Baffet lavozimini tark etadi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
03:54 / 01.01.2026