Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratonga yo‘liqqan 14 yoshli qizning tanasi muzlatildi
Foto: cnbs
Buyuk Britaniyada bedavo saratonga yo‘liqqan 14 yoshli qiz kasallikni davolash chorasi o‘ylab topilgandagina uyg‘onishi uchun sudda o‘z tanasining kriogen konservatsiya qilinishi huquqini qo‘lga kiritdi. Associated Press shu haqida xabar berdi.
"Men atigi 14 yoshdaman, kunim bitib borayotganini bilsam-da, o‘lishni xohlamayman. Meni dafn etishlarini istamayman. O‘ylashimcha, kriokonservatsiya yuz yillardan keyin bo‘lsa ham, menga davolanish imkonini beradi", - deyiladi qizning sudga yozgan xatida.
Qizning ismi sharifi oshkor etilmagan, faqatgina bosh harflari ma'lum qilingan - JS.
Manbada ta'kidlanishicha, sudya Piter Jyekson qizning onasi uning taqdirini hal qilishga haqli, deya qaror chiqargan. Sud qaroridan keyin qizning tanasi Londondan AQShga ko‘chirildi va u yerda kriogen muzlatish amalga oshirildi.
Tananing "cheklanmagan vaqt" saqlanishiga oid xizmatlar Arizona shtatida Alcor tashkiloti tomonidan 37 ming funt evaziga taqdim etiladi.
Mavzuga oid
16:31 / 15.12.2025
Ukraina nomidan Rossiyaga ko‘rsatilayotgan bosim davom etadi – MI6
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
08:59 / 11.12.2025
Tramp Yevropa yetakchilari bilan Ukraina yuzasidan keskin bahslashganini aytdi
13:32 / 10.12.2025