Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy TTHda AQSh o‘rnini egallashi mumkin
Peruda bo‘lib o‘tgan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti maydonida Xitoyning TTH (Transtinch okeani hamkorligi)ga qo‘shilish imkoniyatlari muhokama etilgan. Bu haqda, The Australian nashri o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Nashrga ko‘ra, garchi AQSh mazkur tashkilot safini tark etgan taqdirda ham kelishuv barbod bo‘lmasligi mumkin. Xitoyga taklifnoma yuborish g‘oyasini kelishuvga a'zo bir necha davlat rahbarlari ma'qullashgan.
Bundan tashqari, Kanada, Yangi Zelandiya, Meksika, Peru, Chili va Osiyoning qator mamlakatlari yuqori lavozimli mulozimlarining yopiq eshiklar ortida o‘tkazgan uchrashuvlarida TTHdan bosh tortmaslik taklifi muhokama etilgan.
Avvalroq, AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp, o‘zining prezidentlik vazifasiga kirishgan ilk kunidayoq, TTHdan chiqishni boshlashi haqida ma'lum qilgan edi.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
18:38 / 26.06.2026