AQŞning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp davlat rahbari vazifasini bajarişga kirişganidan söng, mamlakatni Transtinç okeani hamkorligi tarkibidan olib çiqiş niyatida ekanini tasdiqladi. 

"Men mamlakatimiz uçun ulkan halokat böluvçi Transtinç okeani hamkorligidan çiqiş haqida ogohlantiriş e'lon qilmoqçiman. Buning örniga biz adolatli ikki tomonlama savdo bitimlari böyiça muzokaralar olib boramiz. Bu esa Amerikaga iş örinlari va işlab çiqarişni qaytaradi", — degan Tramp videomurojaatida.

Donald Tramp uşbu taşkilotdan çiqiş ğoyasini saylovoldi kampaniyasida ham faol ilgari surgan edi.