Eksklyuziv fotoreportaj: Turkmanistonda Islom Karimov ko‘chasi ochilish arafasida
26 noyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahridagi muhtasham anjumanlar saroyida Barqaror transport taraqqiyoti tizimi bo‘yicha birinchi xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Mazkur anjumanga tashrif buyurgan Kun.uz nashri vakillari Turkmanistonda bo‘layotgan o‘zgarishlar bilan ham yaqindan tanishishdi.
Jumladan, Turkmanistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh qismida joylashgan va mamlakatning Sharq uchun darvozasi, deya e'tirof etilgan Turkmanobod shahridagi o‘zgarishlar ham nashr vakillarida chuqur taassurot qoldirdi.
Shuni aytib o‘tish kerak-ki, mazkur shaharda yangi ko‘cha barpo etilayotgan bo‘lib, uning ikki chetida to‘rt qavatli zamonaviy binolar qad rostlagan. Mazkur ko‘chaning ta'mirlash ishlari deyarli tugab, uni foydalanishga topshirish dekabr oyiga mo‘ljallangani aytilmoqda. 25 noyabr kuni anjumanga tashrif buyurgan turli delegatsiya vakillari ham bu joydagi bunyodkorlik ishlarini kelib ko‘rishgan.
Ammo eng quvonarlisi va faxrlanarlisi shuki, qurilayotgan yangi ko‘chaga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomi beriladi. Bundan tashqari, ko‘chaning bosh qismida Islom Karimov sharafiga haykal o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
19:18 / 21.11.2024
Toshkentning ikkita ko‘chasida harakat 19 kunga cheklanadi
10:47 / 08.11.2024
Toshkentda ayrim ko‘chalar yopilishi haqidagi xabarlar rad etildi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024