Jamiyat | 10:37 / 02.12.2016
4292
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda o‘rmon yong‘inlariga sababchi bo‘lgan erkak qo‘lga olindi

Foto: Reuters

AQShning Tennessi shtatida o‘t qo‘yishda gumondor bo‘lgan erkak politsiya tomonidan qo‘lga olindi. Bu yerda ro‘y bergan yong‘inlar oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan, deb xabar bermoqda ABC News telekanali.

"Hukumat Tennessi sharqidagi yong‘inga aloqadorlikda gumon qilib bir erkakni hibsga oldi. Buning natijasida 26 gektar o‘rmon hududi yonib ketdi", - deyiladi telekanal xabarida.

Shtat qonunlariga ko‘ra, bunday o‘t qo‘yishda gumon qilingan shaxs olti yillik qamoq jazosiga mahkum etilib, yirik miqdordagi jarimani to‘laydi.

Tennessi gubernatori Bill Xeslem esa hodisa sabab shtatda favqulodda holat e'lon qildi. 

Uning doirasida bir qator mahsulot va xizmatlar narxining oshirilishi taqiqlangan (jumladan – oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va yoqilg‘i).

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi bir necha hafta davomida yong‘inlar Tennessi, Jorjiya va Shimoliy Karolina shtatlarida avj olgan. Uning tarqalishiga janubiy shtatlardagi qurg‘oqchilik sabab bo‘lmoqda. 

Xeslemning ma'lum qilishicha, hozirgi tabiiy ofat shtat hududida so‘nggi 100 yilda kuzatilgan eng yirik yong‘indir.

Mavzuga oid