Mirziyoyev MDHni saqlab qolish va rivojlantirish tarafdori
O‘zbekistonning saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil davlat hamdo‘stligini saqlab qolish va uning faoliyatini takomillashtirish hamda yanada rivojlantirish zarurligiga ishonchi komil. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbari Sergey Lebedev RIA Novosti agentligiga ma'lum qilgan.
2016 yil 2 sentabrida 78 yoshida O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan edi. Shundan so‘ng, respublika MSK navbatdan tashqari prezidentlik saylovi o‘tkazish jarayonini e'lon qildi. 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan saylovda, MSK ma'lumotlariga ko‘ra, Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz to‘plab, ishonchli g‘alaba qozondi. Lebedev yangi saylangan prezident bilan uchrashgan ilk xorijiy mamlakat va xalqaro tashkilot vakili bo‘ldi.
"Saylangan Prezident bilan mazmunli suhbat bo‘lib o‘tdi. Saylangan Prezident so‘zlariga ko‘ra, u avvalgi davlat rahbari Islom Karimov olib borgan yo‘lni davom ettirish, MDHni saqlab qolish va mustahkamlash hamda O‘zbekistonning Hamdo‘stlik doirasidagi integratsiya jarayonida faol ishtirok etishini xohlaydi", — degan Lebedev.
MDH Ijroiya qo‘mitasi rahbarining qayd etishicha, Mirziyoyev integratsiya jarayoni birlashmaga a'zo davlatlarning manfaatlariga javob berishi kerak deb hisoblaydi.
"O‘zbekistonning MDHdagi a'zoligi uning manfaatlariga javob beradi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Lebedevga ko‘ra, O‘zbekistonning saylangan Prezidentining aytishicha, "g‘arb mamlakatlarining MDH mamlakatlariga sanksiyalar joriy qilishi munosabati bilan o‘zaro bir-birimiz bilan qalin hamkorlik qilishimiz kerak".
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi (MDH) — sobiq SSSR tarkibiga kirgan aksar ittifoqchi respublikalardan tashkil topgan davlatlararo birlashma bo‘lib, 1991 yil 8 dekabrda tashkil topgan. O‘shanda, Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi va Ukraina rahbarlari uni tashkil etish bo‘yicha shartnomani imzolashgan edi. Hozirda, uning tarkibiga Ozarboyjon, Armaniston, Belorus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Ukraina kiradi.
Mavzuga oid
16:39 / 26.11.2024
Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatni beqarorlashtirishning oldini olishga chaqirdi
16:33 / 25.11.2024
O‘zbek ayollarini haqoratlagan turkiyalik stendapchi: unga qarshi Istanbul prokuraturasiga ariza topshirilgan
16:12 / 22.11.2024
Tanzila Norboyeva Rossiyada MDH davlatlari Parlamentlararo Assambleyasida ishtirok etdi
14:04 / 08.11.2024